Suvga allergiyasi bo‘lgan qiz haqida bilasizmi? «Hiqillovchi» musiqachi haqida-chi?

Saytimizda g‘alati odatlarga ega g‘aroyib kishilar haqida maqolalar bergandik. "Muz odam", umuman uxlamaydigan bola kabi bu maqolalar ko‘pchilikning qiziqtirib qo‘ydi. Quyida ana shu kabi g‘alati odatlarga ega kishilar haqida o‘qiysiz.

***

Inson tanasi 80 foiz suvdan iborat. Shunday bo‘lsa-da suvga allergiyasi bor odamlar ham bo‘larkan. Masalan, avstraliyalik Eshli Morris ismli qizning har qanday suyuqlikka allergiyasi bor.

U 14 yoshida qattiq shamollaydi. Shifokorlar unga tarkibida penitsillin bo‘lgan dori yozib berishadi. Aynan shu tabletka unda suvga bo‘lgan allergiyani keltirib chiqaradi.

***

Muntazam hiqichoq tutadigan musiqachi haqida eshitganmisiz? AQShlik 25 yoshli Kris Sands bu kasallikka chalinaman deb o‘ylamagan bo‘lsa kerak. Undagi g‘aroyib odat 2006 yilda boshlangan edi. Bir hafta «hiqillab» yurgach, birdan to‘xtadi. Ammo bir yildan so‘ng fevral oyidan boshlab yana hiqichoq tuta boshladi. Kris har ikki soniyada bir marta «hiqillaydi». Shifokorlar kasallikni oshqozon klapanlari bilan bog‘liqligini aniqlashgan bo‘lsa-da, davosini topisholmayapti.

Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi.