Tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qilgan mas’ul ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Tuproqqal’a tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i M.R. «D.» MChJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20.000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.