Tadbirkorga hisoblangan 98,5 million so‘mlik asossiz qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi

Raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasiga Samarqand shahrida “Olovli Yulduz savdo” MChJ tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatidan norozi bo‘lib murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan asossiz qarzdorlik summalari hisoblanganlik holati bayon qilingan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Olovli Yulduz savdo” MChJning murojaati asosli deb topilib, 98,5 million so‘m miqdoridagi asossiz hisoblangan qarzdorlik borligi aniqlanib, qayta hisob-kitob qilindi va tadbirkorlik sub’yektining murojaati ijobiy hal etildi.

Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan yuqoridagi holatlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga huquqiy tushuntirishlar berildi va kelgusida yuqoridagi holatlarni takrorlamaslik yuzasidan ogohlantirildi.

O‘rol Sanayev,

Raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi.