Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Talab yoki taklifingiz bormi, tadbirkor? Sizni viloyat hokimi eshitadi

 2019 yilning 5 iyul kuni soat 10.00 da Samarqand shahridagi yoshlar markazi binosida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida viloyat boshqarma, tashkilot va korxonalar boshliqlari ishtirokida viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va investorlarning fikr-mulohazalari, talab va takliflari bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi.

  Uchrashuvda ishtirok etib, talab va takliflarini bildirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari va investorlar Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining 210-11-01, 210-11-02, 233-00-76 telefon raqamlariga yoki 97 lik kod bilan 927-37-07 telegram raqamiga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi.