Talabalar Nankin politexnika institutida o‘qiydi

Yaqinda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Nankin politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolagan edi.

Kecha Nankin politexnika instituti professorlari Tu Jiye hamda Xu  Jiu Chun Kattaqo‘rg‘onga keldi. Ular SamDU filiali direktori hamda o‘rinbosarlari ishtirokidagi muzokara olib bordi.

Memorandum asosida 2025-2026 o‘quv yilidan 2+2 asosida talaba almashinuviga kelishib olindi. Filialning kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari talabalari ta’limning ikki yilini Nankin politexnika institutida davom ettiradi. Muvaffaqiyatli bitirgan talabalar ikki OTM diplomiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali professor-o‘qituvchilari ham ushbu xorijiy OTMda malaka oshiradi. Buning uchun filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun xitoy tili kurslari tashkil qilinadi.