Talabalar “Semurg‘” ertagini sahnalashtirdi

Samarqand viloyati musiqa va drama teatrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari o‘zbek xalqining atoqli farzandi – dilbar shoir, iste’dodli dramaturg Hamid Olimjonning “Semurg‘” ertagi asosida spektakl namoyish etdi.
Dastavval, shoirning hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar tomoshabinlarga yetkazildi. Samarqandlik shoir Yormuhammad Rustamovdan Hamid Olimjonga bag‘ishlangan ijod namunalari tinglandi. “Semurg‘” (Parizod va Bunyod) ertak-poemadan qiziqarli sahna ko‘rinishi taqdim etildi. Talabalar sahnada o‘z rollarini mahorat bilan ijro etishdi.
Ulug‘ adib Hamid Olimjonning 110 yilligiga bag‘ishlangan ushbu sahna ko‘rinishi tomoshabinlar hamda talabalarda katta taassurot qoldirdi.
D. YLDASHEVA.