Talabalar turarjoyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi

Bugun, 1 avgustdan boshlab talabalar Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan yotoqxona bo‘yicha arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turarjoylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
- 1-kurs talabalari uchun 55-65 foiz;
- 2-kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
- 3- va undan yuqori kurs talabalari uchun 20-25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.