Ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar dezinfeksiya qilinyaptimi?
Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tarkibidagi xo‘jalik hisobidagi profilaktik dezinfeksiya bo‘limi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalar yotoqxonasida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari o‘tkazildi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining "Aholini sanitariya-epidemiologik osayishtaligi to‘g‘risida"gi qonunida korxona-tashkilot, muassasalarda dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish belgilangan. Unda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida dezinfeksiya stansiyalari va bo‘limlari tomonidan olib borilishi qayd qilingan.
- Ushbu qonun ijrosi viloyatimizdagi ayrim tashkilot va muassasalar tomonidan bajarilmasdan kelinmoqda, - deydi vviloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi profilaktik dezinfeksiya bo‘limi mudiri O‘ktam G‘aniyev. - Vaholanki, kasallik qayd qilingandan keyin o‘tkazilgan tadbirlardan ko‘ra kasallik kelib chiqishining oldini olish uchun profilaktik maqsadda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini ahamiyati juda katta va kamxarajatdir.