Taniqli olim, tarix fanlari doktori Ubaydulla Uvatov vafot etdi

Olimning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib qadrlanib, «Mehnat shuhrati» ordeni va «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Joriy yilning 22 fevralida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ubaydulla Murodovich Uvatovni «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilingan edi.
O‘zA.
Zarnews.uz sayti hamda "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari birlashgan tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.