Tanlov: “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar kengashi Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" g‘oyasi ostida milliy va vatanparvarlik qadriyatlarini asrab-avaylash, targ‘ib qilishga qaratilgan “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!” nomli eng yaxshi milliy kontent va ijtimoiy videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda yashash joyidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, keng qatlamli aholi vakillari, shuningdek, Samarqand shahridagi korxona, tashkilot va muassasalar ishtirok etishi mumkin.
Ijodiy ishlar milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, Vatanga muhabbatni, vatanparvarlikni hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, yangilanishlarni ifoda etishi kerak.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar yangidan yaratilgan va ilgari tanlovlarda ishtirok etmagan hamda OAVlarida yoritilmagan, kreativ va yangicha ruhdagi milliylik bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘z ishlarini @manaviyatmarifat24 manziliga (ism-familiyasi, yashash joyi va telefon raqami bilan) yuborishi lozim.
Tanlov uchun materiallar joriy yilning 10 avgustidan 25 avgust (soat 17:00) kuniga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: Ijodiy ishlar 1-2 daqiqaga mo‘ljallangan, hajmi 100 mb dan oshmagan, tasvirlar sifatli va tiniq bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Tanlov g‘oliblari Samarqand shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi tomonidan:
- 1-o‘rin uchun I darajali diplom, 12 million so‘mlik VAUChER;
- 2-o‘rin uchun II darajali diplom, 8 million so‘mlik VAUChER;
- 3-o‘rin uchun III darajali diplom, 6 million so‘mlik VAUChER bilan taqdirlanadi.