Taraqqiyotga g‘ov
Samarqand harbiy prokuraturasi, nazorat qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Samarqand garnizoni mansabdor harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar qonun mazmun-mohiyati, harbiy sohada bu illatga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, xodimlarning xizmat etikasi qoidalariga to‘xtaldilar.
Korrupsiya har bir mamlakatning milliy davlatchilik asoslariga, siyosiy va iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirishi, fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazishi ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari bu illatga qarshi butun jamiyat kurashishi lozimligini qayd etdilar. Seminar yakunida mavzuga doir hujjatli film namoyish etildi.