Tarix sabog‘i: Xitoyliklar qushlarning nafas rostlashiga imkon bermagandi

60 yildan ko‘proq vaqt muqaddam Xitoyda chumchuqlar qishloq xo‘jaligi zararkunandasi deb e’lon qilinib, ularga qirg‘in keltirilgandi.

Biroq Xitoyning bosh gazetasi «Jenmin Jibao» «Xitoy tarixida buyuk jang deb atalgan keng ko‘lamdagi tadbirning oqibati ayanchli bo‘ldi. Chumchuqlar qirilib ketishi, zararkunanda hasharotlarning ko‘payishi, hosilning nobud bo‘lishi va 10 millionlab odamlar ochlikka mahkum etilishiga olib keldi.

Manzara dahshatli edi - millionlab odamlar shahar va qishloqlarda qo‘llarida kaltak bilan paqir va tog‘oralarni daranglatib chumchuqlarni quvishga kirishdi. Vahimaga tushgan qushlarning qo‘nib, nafas rostlashiga imkon yo‘q edi. Oqibatda holdan toygan chumchuqlar halok bo‘lib, yerga qulab tusha boshladi. Xitoyliklar ularni yig‘ishtirib olishga zo‘rg‘a ulgurishardi.

«AiF» (2020 yil 42-son)dan T.MUROD tayyorladi.