Tarixning dahshatli hodisalari: Loqaydlik qurbonlari
1988 yil 6 iyulda Shimoliy dengizda neft qazib olish tarixidagi eng dahshatli hodisa sodir bo‘ldi. Amerikaning Piper Alpha platformasida yong‘in chiqib, dahshatli portlash bilan yakun topdi. U yerda bo‘lgan 226 kishidan 167 nafari halok bo‘ldi.
Fojiaga sabab, xavfsizlikka mas’ul shaxslarning loqaydligi edi. Neft qazib olish uskunasi ta’miridan keyin bir-biri bilan bog‘liq mayda-chuyda xavfsizlik va ehtiyot choralari e’tibordan chetda qolgandi.
Sanoqli daqiqalar ichida olov platformani qamrab oldi. Halokat signalizatsiyasi va qirg‘oq bilan aloqa tizimi ishdan chiqdi. Odamlar sarosimada qolishdi. Hech kim o‘lishni istamasdi. Ayrimlar yordam so‘rab qichqirishardi. Atrofi suvlikdan iborat joyda yordam olishning iloji yo‘q edi. Ba’zilar jon holatda o‘zlarini suvga otardi… Ana shulargina tirik qolishdi. Qolganlar tiriklayin yonib ketdi.
«Mir novostey», 2020 y 35-soni asosida T.MUROD tayyorladi.