Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlikka chaqirdi

So‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.