Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Keyingi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi oqibatida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin hafta davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.

Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslik tavsiya etiladi.