Taxtaqorachada sayyohlar uchun axborot markazi ochildi

Taxtaqoracha dovonidagi xalqaro ahamiyatga ega transport yo‘lidan sayyohlar ko‘p o‘tadi, deydi viloyat hokimligi mas’ul xodimi Sardor Normahmatov. – Shuni inobatga olgan holda dovon maydonida avtonom tipdagi mobil sanitariya va gigiyena shoxobchalari bunyod etildi. Shuningdek, bu yerda tashkil etilgan axborot markazidan sayyohlar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.

Mazkur dovon atrofida Urgutning Omonqo‘ton qishlog‘i va Kitobning Qaynar qishlog‘i joylashgan. Bu maskanlar o‘zining noyob tabiati, shifobaxsh havosi va manzarasi bilan mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etib keladi. Viloyatdagi yagona shifobaxsh giyohlar bozori shu hududda joylashgani sababli sayyohlar asosan Taxtaqorachada to‘xtab o‘tishadi.