Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TDIU Samarqand filialida sirtqi ta’limda sug‘urta ishi yo‘nalishi ochildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

Qabul parametrlariga ko‘ra, bu yil filialga bakalavriat ta’lim shakliga 350 ta (shundan 40 tasi davlat granti, 310 tasi to‘lov-shartnoma asosida), magistratura ta’lim shakliga 22 ta, sirtqi ta’lim shakliga 125 ta kvota ajratildi.

Bu yil filialda bakalavriat ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim tili rus tiliga ixtisoslashgan iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti yo‘nalishi ochildi. Mazkur yo‘nalishga 25 nafar talaba qabul qilinadi.

Bundan tashqari, filialda yangi o‘quv yilidan magistratura ta’lim shakli ham ochildi. Magistratura ta’limda iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishga 8 nafar, buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishga 8 nafar, raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishga 6 nafardan jami 22 nafar talaba qabul qilinadi.

Shuningdek, sirtqi ta’lim shakliga 2021-2022 o‘quv yili uchun qo‘shimcha sug‘urta ishi yo‘nalishi ochildi.

Eslatib o‘tamiz: filialda bakalavriat ta’limida 8 ta, magistraturada 3 ta va sirtqi ta’limda 4 ta yo‘nalish mavjud.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali axborot xizmati.