Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Teatr haqida nimalarni bilamiz?

Teatr ming yillar oldin paydo bo‘lganini hamma biladi. Biroq u oddiy suhbat jarayonida sodir bo‘lganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Jarayon afinalik shoir Fespid o‘z chiqishlarining birida yana bir badiiy asarni ifodali o‘qib beruvchi san’atkorni taklif qilganida kelib chiqdi. Keling, teatr va raqs san’ati haqidagi ba’zi ma’lumotlarni o‘qiylik.

Rossiya armiya teatri sahnasida 1000 kishi bemalol joylashadi

Moskvadagi Rossiya armiyasi teatri sahnasi Yevropadagi eng katta sahnadir. 1934 yilda loyihalashtirilgan o‘n qavatli bino nemis uchuvchilari qo‘nishi uchun qulay maydon bo‘lib chiqdi: uning chizmasi ulkan besh qirrali yulduz shaklini takrorlaydi.

Dunyodagi eng kichik namoyish gugurt qutisida bo‘lib o‘tadi

Moskvadagi “Soya” teatrining mashhur “Apokalipsis”i 10 daqiqa davom etadi. Asarda barcha bezak va qo‘g‘irchoqlar gugurt qutisida joylashgan. Har bir sahna gugurt olovi nuri ostida o‘ynaladi va olov tugamaguncha 15 soniyadan ko‘proq davom etadi.

Stalinning yoqtirmasligi bois “Gamlet” SSSRda 30 yil sahnalashtirilmagan

Bundan tashqari, bir nazariyaga ko‘ra Stalin “Gamlet” deb nomlangan maxfiy operatsiya natijasida o‘ldirilgan. Bu yerda Shekspir fojiasi qanday qilib insoniyatning asosiy o‘yiniga aylanganligi to‘g‘risida gap ketgan bo‘lsa, ajabmas.

Har mavsumda bir balet raqqosasi 120 juftdan ziyod puanta-oyoq kiyimidan foydalanadi

O‘tgan mavsumda men qariyb 125 juft poyin poyabzaldan foydalandim, deydi Mariinskiy teatri prima-balerinasi Viktoriya Tereshkina. “Katta spektakl uchun ikki yoki uch juft, har bir akt uchun esa bir juft poyabzal kerak bo‘ladi”.

Tomoshabin anketani to‘ldirib, uyiga ketadigan spektakl mavjud

Bu Shveysariyaning Magic Garden teatr kompaniyasining “Questioning/Siz kimsiz” nomli minimalistik asaridir. Bu yerda hech qanday aktyor, na bezak, na sahna - faqat siz, boshlovchi, boshqa tomoshabinlar va bir nechta o‘ynoqi savollar bo‘ladi, xolos.

Manzaralar maketida yerni tasvirlash uchun choy iching va qolgan choyni quriting

Teatr rassomlari ancha oldin raqamli 3D-modellariga o‘tishi mumkin edi, biroq ular hali ham maketlarni yopishtirishga majbur. Bu ishda rassomdan rassomga o‘tib boradigan bir necha hiyla ishlatishadi. Masalan, ishlatilgan choy barglari quritilsa, u yerga o‘xshaydi.

Moskvada 390 ta teatr bor. Lekin bu aniq raqam emas

Umuman olganda, ko‘plar teatrlar sonini sanashga uringan: ba’zilari 200 dan kam deb aytishadi, boshqalari 400 dan ortiq deydi.

SSSRda faqat ayollar o‘ynaydigan teatr bor edi

Ikkinchi jahon urushi davrida Boshqirdiston Respublikasining Salavat shahrida yetti aktrisadan iborat ko‘chma teatr bor edi. Jamoa erkaklari urushga ketgach, ayollar o‘zlari orasida erkaklar rolini bo‘lib olib, butun repertuarni ijro etgan va teatrni saqlab qolgan.

Bir baletda raqqos ekskavator bilan raqsga tushadi

Dominik Buavenning bir raqqosa va bitta ekskavator uchun mo‘ljallangan ko‘cha namoyishi «Transports Exceptionnels» deb nomlangan. Olti yil oldin “Hudud” festivali Moskva istirohat bog‘larining birida “Pa-de-de va ekskavator” nomi bilan namoyish etilgan. Xoreograf ekskavatorning o‘zi bilan raqsga tushadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.