“Telegram” orqali kredit olib berishni va’da qilgan shaxs aniqlandi
2020 yilning 24 aprel kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida noma’lum shaxs Buvayda tumanida yashovchi 37 yoshli M.A. (ayol)ga 28.000.000 so‘m miqdordagi pullarni onlayn kredit asosida rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kredit uchun oldindan 1.400.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida, fuqaro M.A.ning plastik kartasidan 1.400.000 so‘m pul mablag‘larini 27 yoshli U.S. o‘zining sim-kartasiga rasmiylashtirgan holda ishlatib kelganligi aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan plastik va sim kartalar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda U.S.ga nisbatan yuqoridagi modda bilan ayb e’lon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hurmatli fuqarolar, shu kabi firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmasligingiz uchun kredit olish masalalarida rasmiy banklarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.