«Temir daftar» — o‘zi nima u?
Avval xabar qilganimizdek, bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ushbu savolga quyidagicha javob qaytardi:
«Temir daftar» — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxati;
«Temir daftar» o‘z navbatida fuqarolar yig‘inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi;
«Temir daftar»ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:
kam ta’minlangan;
nogironligi bo‘lgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;
yakka-yolg‘iz keksalar;
doimiy ishsiz fuqarolar;
karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
og‘ir epidemiologik hududlardan olib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.
Mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;
«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlab, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi.