Tergovchi kundaligidan: Ko‘zoynak yoki mash’um jinoyat tafsilotlari
Yozning jazirama kunlari. Samarqand shahrining Darg‘om kanaliga yaqin bo‘lgani sababli biroz shabada esib, jonga orom baxsh etadi. Temir-betondan qurilgan ko‘p qavatli uylar oralig‘i dim, kechqurun vaqt allamahal bo‘lganicha odamlar xonalariga kirishga yuraklari betlamaydi. Shundan bo‘lsa kerak, ayniqsa, ayollar pastga tushishib, o‘tgan-ketgan gaplar bilan vaqtni kech qilishadi.
- Nodiraoy, - dedi puchuqqina ayol. - Qo‘shningiz Mehrioy ikki-uch kundan beri ko‘rinmay qoldi. Yo biror joyga ketdimikan-a?
- Hayronman, - deya uchinchi qavatga ajablanib tikildi lo‘ppi yuzli juvon.
- Nevaralarining ham ovozi eshitilmay qoldi, uyni ko‘targudek shovqin-suron solib yotishardi.
- Shuni aytaman-da. Sharpasi ham sezilmaydi. Uyida bo‘lganida pastga tushmasdan qolmasdi-ya.
Nodira shahardagi kollejlardan birida ishlardi. Kunduzi uyda kam bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘i ham o‘z ishi bilan band. Nodira kechadan boshlab qo‘shnisinikida jimjitlik bo‘lganidan ko‘ngli xavotirda. Mehri xola har safar qayerga borsa, albatta, Nodiraga aytib ketardi. Uyida nevaralari borligi uchun yaqin oylarda bir-ikki kunga mehmondorchilikka ketmagan. Nodira ertalab ishga jo‘nar ekan, qo‘shnisinikidan qandaydir dimoqqa uriluvchi qo‘lansa hid kelayotganini sezdi. Peshindan keyin ishdan qaytsa, hid yana kuchayibdi. Shu sababli ham gumonini puchuq xotinga aytgisi keldi.
- Musharraf xola, qo‘shnimning mehmonga ketgani rost. Uyidan oftobda buzilgan go‘shtning hidi anqiyapti.
- Go‘shtning? - ajablandi puchuqqina ayol.
- Nima deyapsizlar? - gapga aralashdi yaqinda nafaqaga chiqqan ayol. - Uyidan buzilgan go‘shtning hidi chiqyapti?..
- Shunga o‘xshashroq, - dedi Nodira.
- Befarq qarab bo‘lmaydi, - ayolning yuzini jiddiylik qopladi. - Yana ikki kundan beri ko‘rinmay qoldi, deyapsizlar. Qo‘shningizga biror kor-hol bo‘lgan.
- Bilmadim, - Nodiraning ham yuzini ma’yuslik egalladi.
- Saodatxon, - puchuq ayol kinoya qilgandek bo‘ldi. - Yuristligingizga bordingiz-da!
Ichki ishlar bo‘limida mehnat qilgan Saodat opa Musharraf xolaning kinoyasiga e’tibor bermadi. Ayollarni yetaklab yuqoriga ko‘tarildi. Mehrining eshigini tashvish bilan taqillatishdi. Uydan sado chiqmadi. Faqat ko‘ngillarni aynitguvchi hid ularni yanada shubhaga soldi, xolos. Saodat opa hech ikkilanmay yaqinda joylashgan militsiya tayanch punktiga telefon qildi. Tez orada bir leytenant yigit yetib keldi. Qo‘shnilar guvohligida eshik buzilib, uyga kirdilar. Ne ko‘z bilan ko‘rsinlarki, vannada ayol kishining qonga bo‘yalgan murdasi yotardi. Dam olish xonalarida esa 3 nafar zo‘rlangan va bo‘g‘ib o‘ldirilgan norasida go‘daklar toshday qotgan edi.
Leytenant yigit shahar prokuraturasiga shoshilinch xabar berdi. Tez orada qotillik sodir bo‘lgan uyga Samarqand shahar prokurori A.Zokirov boshchiligidagi guruh yetib keldi va uyda sinchkovlik bilan tekshiruv o‘tkazildi. Chindan ham xonada qo‘lansa hid anqishiga ko‘ra, bu yerda bir necha kun ilgari dahshatli hodisa yuz bergan edi. Vannada ko‘krak qafasi burdalangan, qo‘l va oyoqlari kesilgan ayol murdasi.
- Bu ayol kim? - dedi A.Zokirov eshikda yopirilib turgan qo‘shnilarning ikkitasini chaqirib. - Taniysizlarmi?
- Ha, taniymiz, qo‘shnilar qo‘rquvdan yig‘lab yubordilar. - Bu shu xonadon bekasi, Mehrioy Sohibova.
Shoshilinch guruh uyning xonalarini kuzatishga kirishdi. Dam olish xonalarida sirtmoq bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan uch norasida go‘dakning jasadi yotardi. A.Zokirov fojia haqidagi xabarni viloyat prokuraturasiga yetkazdi. Viloyat prokurorining o‘rinbosari A.Shamsiqulov to‘plangan materiallar bilan obdon tanishib chiqar ekan, yuzida g‘azab ko‘pchib, qoshlarini chimirdi. Bu qaysi qotilning ishi ekan? Boylik uchun qilinganmi yoki shahvoniy hirs uchunmi? A.Shamsiqulov ushbu jinoyat ishi juda murakkab va o‘ta chigalligini hamda jinoyat ishi yuzasidan ko‘plab protsessual harakatlar o‘tkazilishini hisobga olib, dastlabki tergov yuritishni tezkor tergov guruhiga topshirish lozim, degan xulosaga keldi. Tergov guruhiga Samarqand viloyat prokuraturasi jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi I.Asrorov rahbar qilib tayinlandi.
Yosh tergovchi I.Asrorov, avvalo, qasddan o‘ldirilganlarning shaxsini aniqladi:
Sohibova Mehrioy - 19.. yilda tug‘ilgan, oilalik, eri o‘lgan, 1 nafar farzandi bor. “Madina” choyxonasida ishlagan.
Rahimov Rustam - 20… yilda tug‘ilgan, 1-sinfda o‘qigan.
Rahimov Sulton - 20.. yilda tug‘ilgan, bog‘chada tarbiyalanuvchi.
Rahimov Bekjon - 20.. yilda tug‘ilgan, bog‘chada tarbiyalanuvchi.
Tezkor tergov guruhi voqea joyini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirib, ashyoviy dalillar sifatida qonga o‘xshash dog‘lari bo‘lgan ikki dona oshxona pichog‘i, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, sim va arqon bo‘laklari, qon dog‘lari bo‘lgan erkaklar jinsi shimi, eshikdan qo‘l barmoq izlari olishdi hamda voqea joyi rangli foto va video tasvirga tushirildi. Marhuma va marhumlarga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Qotillik aniq, tezkor tergov guruhini faqat uni aniqlash va isbotlash muammosi qiynardi. Qo‘ni-qo‘shnilar yordamga chaqirilib, so‘rov o‘tkazildi. Yoshi o‘ttizlarga yaqinlashgan yigit anchadan beri sezib yurgan gumonlarini aytishga jazm etdi.
- Sezishimcha, ikki yillardan beri shu xonadonga Shuhrat ismli yigit keladi. Yoshi taxminan o‘ttizdan oshgan, qora soch, qora ko‘z, mo‘ylov qo‘ygan, hamisha qora ko‘zoynak taqadi. Bir-ikki marta Mehrioy opa bilan ham, uning kelini Ra’noxon bilan ham bozor qilib kelishayotganini ko‘rgan edim. 26 avgust kuni shu yigit pod’yezdga kirib ketayotgan edi. Ammo uning qayerda yashashidan xabarim yo‘q.
- Uning shaxsini kim aniqroq biladi, deb o‘ylaysiz? - tergov guruhi rahbari bosiqliq bilan savol berdi.
- Albatta, norasidalarning onasi-da!
- Ra’noxonni aytayapsizmi?
- Ha-da! Yigitni Ra’noxon bilan ham bir necha bor ko‘rganman dedim-ku!
Jinoyatning izi topilyapti, lekin Ra’noxon bilan suhbatlashishning iloji yo‘q, u Rossiyaning Belgorod shahrida, eri O‘ktamning yonida edi.
O‘ktam iqtisodiy jihatdan qiynalib qolgach, o‘g‘illari va xotinini onasi Mehrioyga qoldirib, Rossiyaga ishga ketgan edi. Keyin Ra’noxon 2006 yilning 10 iyulida bolalarini qaynonasiga qoldirib, Belgorodga uchib ketdi. Eru xotin ijarada turgan uyning egasi Brinsev Anatoliy Ivanovich kutilmaganda ularga sovuq xabarni yetkazdi.
- O‘ktam! Samarqanddan telefon qilishdi. Onang bilan uch o‘g‘ling kasalxonaga tushibdi, ahvoli og‘ir emish.
Er-xotin tugunni tugib, sentyabrda Samarqandga yetib kelishdi. O‘ktam mushfiq onasi va begunoh farzandlarini kim o‘ldirganini sira tasavvur qila olmasdi. Chunki umrida birovga ziyoni tekkani yo‘q, qo‘ni-qo‘shnilarni xafa qilmagan. Ra’noxon ham qotillikda hech kimdan gumoni yo‘qligini bildirdi. Lekin uning farzand dog‘ida kuygan yuzlari-yu, qizargan ko‘zlarida qandaydir sirli dard, kimdandir gumondorlik hissi sezilib turardi. Tezkor tergov guruhi rahbari Ra’noxonni jabrlanuvchi sifatida so‘roq qildi.
- Biror kishidan gumoningiz yo‘qmidi?
- Sira o‘ylab topolmayapman.
- Qaynonangizning eri yo‘q ekan, balki biror yaqini bo‘lgandir?
- Hech sezmaganman.
- Sezmaganman, deng-a? - guruh rahbari bu savolni ataylab berdi.
Ra’noxon boshini ko‘tardi-yu, unga shubhali tikilganday, bir muddat qarab qoldi. So‘ngra yana boshini xam qilib piqilladi va o‘kirib yig‘lab yubordi.
- Hech kim bilan yaqinligini sezmaganman, dedim-ku. Uyimizga sira begona erkak kelmagan.
- Yaxshilab o‘ylab ko‘ring, - dedi guruh boshlig‘i bosiqlik bilan. - Axir, yaqin jigargo‘shalaringizni o‘ldiradi-yu, biror gumoningiz-ni aytmasangiz, ularning ruhi oldida gunohga botasiz. Ha, aytganday. - Ra’noxonning yig‘lashi ko‘nglini buzgandek, “uh” tortdi-yu, qo‘shib qo‘ydi. - Balki o‘zingizda biror tanish bo‘lib, gapingiz qochgan joyi bordir.
- Yo‘q! - dedi Ra’noxon keskin ohangda.
- Yana bilmadim, - guruh boshlig‘i talmovsiragan bo‘ldi. - Eringiz Rossiyaga ketgandan buyon uylaringizga Shuhrat degan yigit kirib chiqarkanmi-yey.
- Kim aytdi? Yolg‘on!
- Yaxshilab eslang! Yoshi o‘ttizlardan oshgan, qora soch, qora ko‘z, mo‘ylovli yigit. Qora ko‘zoynak taqib yurgan, qo‘shnilar ba’zan sizni, ba’zan qaynonangizni u yigit bilan ko‘rishgan. - Guruh boshlig‘i ovozini keskinlatdi. - Murdalar taxminimizcha, to‘rt kun uyda qolib ketishgan. 26 avgustda o‘sha yigit uyingizga kirayotganligini ko‘rganlar bor. Yashirmasdan aytavering, shahardagi o‘ttiz yoshni qoralagan Shuhrat ismli yigitlar ro‘yxatga olindi. Siz bilan uchrashtirishga to‘g‘ri keladi. Ular orasida shaharga yaqin qishloqda yashovchilari ham bor.
Tergov guruhi rahbari so‘nggi so‘zini ataylab aytdi.
Bundan maqsad Shuhrat shaharda yoki qishloqda yashashini bilib olishdan iborat edi. Harakat yomon chiqmadi. Ra’noxon tergov guruhi rahbari jazmani Shuhrat bilan aloqasi borligini qanday bilib qolganidan hayratlandi. Shu bois uning yuziga yalt etib boqarkan, jazmani qotillik qilganiga sira ishongisi kelmasdi. Nima bo‘lsa-da, to‘g‘risini aytishga majbur bo‘ldi.
- Shuhrat degan yigitni tanigan joyim bor. Komila yangamning tanishi. Yolg‘on emas, uyimizga ham yangam bilan bir-ikki marta kelgan. O‘zining aytishicha, shahar atrofidagi Pulimug‘ob degan joyda yashaydi.
Tezkor tergov guruhi ancha faollashdi. Ular Samarqand tumanidagi Pulimug‘ob qishlog‘i tomon yo‘l oldilar. Shuhrat Olloyorovning uyi tintuv qilinib, kerakli ashyoviy dalillar olindi. Shuhratning o‘zini uyidan topish amrimahol bo‘lsa-da, lekin guruh a’zolarining diqqatini stol ustida turgan qora ko‘zoynak jalb etdi. Ko‘zoynak qog‘ozga o‘raldi va unga alohida raqam qo‘yilib olib ketildi. Yana shunga o‘xshash ikkita qora ko‘zoynak Ra’noxonga tanib olish uchun tayyorlab qo‘yildi.
- Xo‘sh, Shuhrat qora ko‘zoynak taqarmidi?
- Ha, - dedi Ra’noxon so‘niq ovozda.
- Sizga bir nechtasi ko‘rsatilsa, tanib olasizmi?
- Tanib olsam kerak.
Tergov guruhi boshlig‘i qog‘oz xaltachadan uchta qora ko‘zoynakni olib, uning qarshisiga qo‘ydi. Ra’noxon guruh a’zolari belgilagan qora ko‘zoynakni adashmasdan tanib oldi.
- Bu ko‘zoynakni Shuhrat taqqan paytda ko‘rganman. U ko‘zni yaxshi ko‘rishiga mo‘ljallangan. Esimda qolgani - oynakning oyna chetlari qoraroq rangda, oynalari o‘rtacha o‘lchamda, boshqa ko‘zoynaklarga qaraganda ancha tiniq.
Tergov guruhida Shuhratni qotillikda ayblash mumkinmi, degan gumon uyg‘ondi. Ko‘zoynak bilan bog‘liq tergov harakati tasvirga tushirildi. Ko‘zoynak qog‘oz xaltachaga solinib, muhrlandi.
* * *
Olloyorov Shuhrat 19.. yilda Samarqand tumani Pulimug‘ob qishlog‘ida tug‘ilgan. Ma’lumoti tugallanmagan o‘rta. 19.. yilda Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan 20 yilga jazodan ozod qilingan. 20.. yil 2 dekabrda amnistiya to‘g‘risidagi qarorga asosan jazoni o‘tashdan ozod etilgan. Oilasi bilan ajrashgan, ikki farzandi bor. Hech qayerda doimiy ishlamay, yakka tartibda mehnat qilib yurgan.
20.. yilning 30 dekabr kuni, qishning izg‘irinli bir pallasida Pulimug‘obda Shuhrat qamoqdan kelibdi, degan gap tarqaldi. Axir u 20 yilga qamoq jazosiga tortilgan edi-ku. Elning og‘zida turli taxminlar yurardi. Nima bo‘lsa-da, Shuhratning qishloqqa kelgani rost edi. U qamoqdan qaytgani bilan yurish-turishida o‘zgarish sezilmadi. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek, yana og‘irning ustidan, yengilning ostidan yashashni odatga aylantirdi. Yakka tartibda ishladi, gohi-gohida o‘g‘irlik qilishdan ham o‘zini tiymadi. Shuhrat qishlog‘ida yashovchi Qo‘ldosh ismli amakisi bilan mardikorlik qilib yurdi.
2006 yilning bahorida Shuhrat Qo‘ldosh bilan Samarqand shahridagi “Chashma” restoranida ishlayotgan edi. Kutilmaganda u Qo‘ldoshga murojaat qildi.
- Og‘ayni, hech ko‘nikmayapman-da?
- Nimaga?
- Nimaga bo‘lardi, qishloqda yashashga-da!
- Bu kayfiyatingni yo‘qot, - dedi Qo‘ldosh unga tasalli berib. - Qishloq sen tug‘ilgan joy, izzat-hurmat qiladigan shu qishloq. Buning ustiga, qarindosh-urug‘, og‘ayni, do‘stlaring shu yerda. Ketib qayerga borarding?
- Qishloqqa mehrim qolmadi. Oila, bola-chaqa bo‘lsayam ermak bo‘lardi. Ishdan so‘ng uyga mehr tortib borolmayapman.
- Xafa bo‘lma, - dedi Qo‘ldosh uning ko‘nglini ko‘tarib. - Hali uylanasan, bola-chaqa ko‘rasan. Qishloqda sendan zo‘ri bo‘lmaydi.
- Bilmadim-da!
Shuhrat ko‘chaga xayolchan qaradi. U qayergadir ketib qolishni istardi. Shuhrat Qo‘ldoshning yonida ishlagandek u yoqdan-bu yoqqa o‘tdi-yu, tez orada gumdon bo‘ldi. Qo‘ldosh uning yo‘qolganini sezdi, gapi, bergan maslahati kor qilmaganidan ranjidi. Ishni yakunlab, kiyimlarini yechib, yangisi bilan almashtirdi. Shuhrat qishloqqa ketib qolgan bo‘lsa, ertaga pand-nasihat bilan yana ishga qaytarishni niyat qildi. U bekatga kelib, qishloqqa jo‘naydigan “Damas”ga chiqdi. Yo‘l haqini uzatish uchun cho‘ntagiga qo‘lini tiqdi - ertalab restoran boshlig‘i bergan 10 ming so‘m yo‘q edi. Bu Shuhratning ishi ekanligini angladi. "Ablah, bolalar rizqini o‘g‘irlab ketibdi". Qo‘ldosh og‘ir xo‘rsindi va o‘zidan-o‘zi nafratlandi: "Qayerdan ham topib berdim unga shu ayolni?!".
Qo‘ldosh bilan Shuhrat ikki aka-ukaning bolalari edi.
Ular mardikorlikda ishlab yurgan kunlarning birida Samarqandning Sartepa manzilidagi kafelardan biriga tamaddi qilgani kirishdi. Ilonning nonushtasiga chumchuq kelib qo‘nganidek, bu yerda Qo‘ldoshning eski tanishlaridan biri - Ra’no uchrab qoldi. U kafeda ofitsiant bo‘lib ishlar ekan.
- E-e, Ra’noxon, - gap otdi Qo‘ldosh. - Ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘ldi. Yosharib ketibsiz-a. Bu deyman, kuyov pochcha sizni zap erkalatadi-da!
- Qaydam? - noligan bo‘ldi Ra’no. - Pochchangiz ham Rossiyaga ketgan. Bir yildan beri xabar yo‘q.
- Biron Marusani topib ketgandir-da, - gapga aralashdi Shuhrat.
- Gapingiz to‘g‘riga o‘xshaydi, - Ra’noxon unga qarab nozlandi. - Samarqandda xotinim qolgan, demaydi-ya!
Ikkinchi uchrashuvda Shuhrat Zeboxonni hech ikkilanmasdan Mehrioynikiga yetakladi. Uy bekalari xonalarida ekan, ularni Mehrioy qovoq solib, Ra’noxon xursand kutib oldi. U qaynonasining gapiga asosan mehmonlarga alohida xonaga joy qilib berdi. Xonada Zeboxon Shuhratning bo‘yniga qo‘lini uzatarkan, gunohkorona gap boshladi.
- Shuhrat aka, sizni aldaganim uchun uzr! Mening ismim Zebo emas, Komila.
- Shundaymi? - Shuhrat beparvogina e’tiroz bildirdi. Uning xayoli juvonning ismini aniqlash emasdi. - Unday bo‘lsa, nega Zebo deb atadingiz?
- Sinamagan otning sirtidan o‘tma, deyishadi-ku. Ikkinchi uchrashuvda menga yoqib qoldingiz, agar men ham sizga yoqqan bo‘lsam...
Tonggacha Komilaning ko‘ziga uyquga kelmadi. Baxtiga shukrona aytdi.
Ismatulla Yo‘ldoshev.
(Davomi bor)
- Xafa bo‘lmang, - dedi Qo‘ldosh amakisi Shuhratning yelkasiga qo‘l tashlar ekan. - Erkakning xo‘rozi shu yerda.
Ra’noxon xandon otib kular ekan, ulardan buyurtma so‘radi. Qo‘ldosh yuzta otar ekan, jag‘i ochilib ketdi.
- Shuhrat, xo‘p desang, shu ayol bilan tanishib ol. Zerikkaningda asqotib qolar.
O‘sha paytdayoq Ra’noxon Qo‘ldoshning taklifiga rozi bo‘lgan, Shuhratni ertasi kuni Sartepadagi uyiga taklif etgan edi. Qo‘ldosh pulsiz qolgan cho‘ntagini changallar ekan, o‘z qilmishidan ranjidi.
Shuhrat amakisi o‘ylaganidek Ra’noxonning huzuriga shoshilgan edi. Ra’noxon bugun kafega kechqurun borishini, hozir uyida ekanligini bilardi. Eshikni uning qaynonasi Mehrioy ochdi. Shuhratni ko‘rdi-yu, rangi bo‘zarib, unga g‘azabnok tikilganicha qo‘lini musht qildi. Lekin tezda jahlidan tushib, Shuhratning orqasiga qo‘lini o‘tqazib, bag‘riga bosgan bo‘ldi. Mehrioyning bu harakati - g‘azabiyu quvonchida allanechuk sirli ma’no bor edi... Bu orada ularga Ra’noxon yaqinlashdi va muloyim tabassum bilan salomlashdi.
- Uzr, quruqqina keldim. Mana bunga, - u qo‘lini cho‘ntagiga solib bir dasta pul olib chiqdi va Mehrioyga uzatdi, - pastdan bozor qilib chiqarsiz.
Mehrioy yo‘q demadi. Qo‘liga sellofan xaltani olib pastga tushib ketdi. Shuhrat esa Ra’noxonga och bo‘riday tarmashib, uni qo‘yarda-qo‘ymay jihozlangan divanga yetakladi...
- Shuhrat aka, endi yetar, - dedi Ra’noxon zorlanib. - Qaynonam ham sezgan ko‘rinadi...
- Yo‘g‘-ye! - dedi Shuhrat zavqlanib kularkan. - Ra’no, xo‘p desang, senga uylanaman, bolalaring bilan birga qishloqqa olib ketaman.
- Qo‘ying shu gapingizni, el eshitsa uyat qiladi. Axir, boshimda erim bor. Yaxshisi, sizga boshqa xotin topib beraman.
Suhbat shu yerga yetganda eshik ochilib, xonaga Mehrioy kirib keldi. O‘g‘irlik pulga qilingan ziyofat tugaguncha kech kirib qoldi. Ra’noxon o‘g‘illaridan birini maktabdan, ikkitasini bolalar bog‘chasidan olib kelib, buvisiga topshirar ekan, o‘zi kafega yo‘l oldi. Mehrioy bilan Shuhratning suhbati bolalar uyquga kirgunicha davom etdi. So‘ngra Shuhrat ham tunagani Mehrioyning xonasiga kirdi. Mehrioy o‘zini orqaga tortar ekan, araz qilgan bo‘ldi:
- Ikki qayiqqa qo‘lini cho‘zgan g‘arq bo‘ladi.
- Gapingizga tushunmadim, - o‘zini ovsarlikka oldi Shuhrat.
- Tezak yegan, bittasinikini yeydi, - ayol bir oz jahllangan bo‘ldi. Uning bu so‘zlarida rashk va qizg‘anish bor edi.
- Yanglishyapsiz, - Shuhrat o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi. - Biz Ra’noxon bilan kafeda tanishdik, aka-singil bo‘lib qoldik. U sizning keliningiz ekanligini bilmagandim.
- Aytdim-qo‘ydim-da, - Mehrioy gapni chuvalantirib o‘tirmadi.
Shuhrat erta tongda turib, qayergadir jo‘nab qoldi. Ra’noxon aytgan kuni kafega kelib, bo‘sh joyga o‘tirdi. Ra’noxon oq yuzli, sochi mallarang ayolni boshlab keldi.
- Tanishib oling, - dedi u Shuhratga ishora qilib.- Sizga aytgan kishi.
Shuhrat mehmon sharafiga buyurtma berdi. Birinchi qadahni ko‘tarish arafasida juvon o‘zini “Zebo” deb tanishtirdi.
- Ismingiz jismingizga mos ekan, - dedi Shuhrat. - Bugun tunni birga o‘tkazamizmi?
- Nima? - ayolning biroz jahli chiqqandek bo‘ldi. - Ko‘chada qolganlardan emasman. Turmush qurish niyatingiz bor ekan, shunga tanishgani keldim.
- Kechirasiz, - Shuhrat ustamonlikka o‘tdi. - Men ham bir aqlli ayolni axtarib yuribman. Birinchi taklifga laqqa tushadigan ayollardan ekanmi, deb sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim-da!
Ikkinchi uchrashuvda Shuhrat Zeboxonni hech ikkilanmasdan Mehrioynikiga yetakladi. Uy bekalari xonalarida ekan, ularni Mehrioy qovoq solib, Ra’noxon xursand kutib oldi. U qaynonasining gapiga asosan mehmonlarga alohida xonaga joy qilib berdi. Xonada Zeboxon Shuhratning bo‘yniga qo‘lini uzatarkan, gunohkorona gap boshladi.
- Shuhrat aka, sizni aldaganim uchun uzr! Mening ismim Zebo emas, Komila.
- Shundaymi? - Shuhrat beparvogina e’tiroz bildirdi. Uning xayoli juvonning ismini aniqlash emasdi. - Unday bo‘lsa, nega Zebo deb atadingiz?
- Sinamagan otning sirtidan o‘tma, deyishadi-ku. Ikkinchi uchrashuvda menga yoqib qoldingiz, agar men ham sizga yoqqan bo‘lsam...
Tonggacha Komilaning ko‘ziga uyquga kelmadi. Baxtiga shukrona aytdi.
Ismatulla Yo‘ldoshev.
(Davomi bor)