Teri saratonini dastlabki bosqichda qanday aniqlash mumkin?

Onkologik kasalliklar ichida teri saratoni yetakchi tur bo‘lib, barcha xavfli o‘smalarning taxminan 15 foizini tashkil qiladi. 90 foiz hollarda o‘sma terining ochiq joylarida paydo bo‘ladi.

Teri saratoni – butun dunyo aholisi sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi. Afsuski, har yili ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlar soni tobora o‘sib bormoqda. Bugungi kunda teri saratonining dastlabki bosqichida tashxis qo‘yilmoqda. Bu esa kasallikni mazkur bosqichda davolash mumkin degani. Teri saratonining belgilari — og‘riq va qichishish, qon ketishi va yaralar paydo bo‘lishi, terining rangsizlanishi, o‘sma yaqinida og‘riq va shishgan limfa tugunlari paydo bo‘lishi kabilar.
Ko‘pchilik dastlabki alomatlarni teridagi xol deb uylaydi. Afsuski har doim ham bunday bo‘lib chiqaydi. Bu teridan rivojlanuvchi yana bir saraton, ya’ni, melanoma bo‘lishi ham mumkin. Inson immuniteti bu o‘smaga yomon ta’sir qiladi, shuning uchun u tez rivojlanadi.
Melanoma dastlabki bosqichda unda og‘riq va qon ketish, rang o‘zgarishi (odatda qora, to‘q-ko‘k, kamdan-kam qizil yoki oq) bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zini diagnostika qilish juda muhimdir – terida o‘sma juda erta bosqichda sezilishi mumkin. Agar ogohlantiruvchi belgilar topilgan bo‘lsa, onkolog bilan bog‘lanish kerak.

Eslatib o‘tish joizki terida paydo bo‘luvchi patologik holatda har doim ham xavfli bo‘lib qolmaydi. Shu sababli dermatolog, onkolog mutaxassislarga murojaat qilgandan so‘ng tekshirishlar xulosasiga asoslanib tashxis qo‘yishadi. Birga kuzatiladigan kasalliklar alomatlari kuyishdan keyingi, og‘riq, qichishish haqida gapirish muhimdir. Teri saratonining oldini olishning aniq usullari yo‘q, ammo quyidagi tavsiyalarni beramiz:

– xollaringizni diqqat bilan kuzatib boring va o‘zingizni tekshirishni muntazam ravishda o‘tkazing;
– quyoshdan saqlovchi kremlardan foydalaning;
– doimiy tirnash xususiyati bo‘lgan yoki tananing ochiq joylarida joylashgan, quyoshga ta’siri yuqori bo‘lgan xollarni onkologlar maslahatlashgan holda kuzating yoki olib tashlang;
– Onkologlar tomonidan profilaktik tekshiruvlardan o‘tib turing.
Faridjon Sharipov, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi vrachi, onkojarroh.