Texnologik asr xatarlari

Vaqti-vaqti bilan sayyoramizning u yoki bu burchagida kutilmagan falokatlar sodir bo‘lib, o‘nlab, yuzlab odamlarni hayotdan olib ketadi. Bu konstruktorlar va muhandislarning loqaydligi oqibatidir.

... 1961 yil 13 martda Kiyevning sanoat rayoni sanalgan Kurnyovkada erta tongda g‘isht zavodining suv havzasida damba o‘piriladi. Buning oqibatida 650 ming kubometr oqova suv turarjoy binolarini yuvib ketadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda 68 turar joy va 13 ma’muriy bino vayron bo‘lgan, 298 ta kvartira va 163 ta xususiy uy yashash uchun yaroqsiz holga kelgan. Bir yarim ming kishi halok bo‘lgan. Oqova suv to‘planishi uchun qurilgan inshoot tuproq va yerosti namligi hisobga olmasdan loyihalashtirilgani fojiaga sabab bo‘lgan.

2000 yil 30 yanvarda Baya-Mare shahrida oltin va kumush qazib olish bilan shug‘ullanuvchi «Aurul» Ruminiya - Avstraliya qo‘shma korxonasida 100 ming kubometr chiqindi sianst tuzi hovuz tuprog‘i o‘pirilishi oqibatida Sovmish daryosi oqimiga qo‘shilib ketadi. Dunayning Tisu havzasi zaharlanishi oqibatida 100 tonna baliq nobud bo‘ladi. Balandligi 25 metr bo‘lgan damba kuchli jala quyishiga dosh berolmagan.

Texnik-muhandislarning aybi bilan sodir bo‘lgan yana bir falokat kishini dahshatga soladi. 1982 yil 17 fevral kuni Moskvadagi «Aviamotornaya» metro stansiyasida eskalator - harakatlanuvchi zina ayni yo‘lovchilar gavjum payti buzilib qoladi. U tezda nari-beri tamirlangan bo‘lib, ishga tushiriladi. Unda metroga tushayotgan 100 dan ziyod yo‘lovchi eskalator yana ishlamay qolib keskin tormozlanishi oqibatida bir-birining ustiga qulaydi. Oqibatda sakkiz kishi halok bo‘ladi, 30 nafar yo‘lovchi jarohatlanadi.

2000 yil 27 avgustda Moskvadagi balandligi 537 metr bo‘lgan Ostankino teleminorasida elektr simi qisqa tutashuvi oqibatida 460 metr balandlikda yong‘in sodir bo‘ladi. Uchinchi qavat batamom yonib ketadi. 300 metr balandlikdan qulagan liftda uch kishi halok bo‘ladi. Bir sutka davom etgan yong‘inda teleminora jiddiy shikastlanadi, barcha telyekanallar ko‘rsatuvi uzilib qoladi.

***

Yuqorida keltirilgan barcha falokatlarda inson omili sabab bo‘lgan. Aybdorlar sud qilinib, tegishli jazosini olgan. Biroq afsuslanarlisi shuki, odamlar og‘irini yengil qilishga xizmat qilayotgan mutaxassislarga bu fojialar saboq bo‘layotgani yo‘q. Murakkab texnologik loyihalarning hisob-kitoblarida xatoga yo‘l qo‘yishi esa qimmatga tushadi.

T.Shomurodov tayyorladi.