Tezkor! Bemorning yaqinlarini topishda yordam bering!

2019 yilning 2 iyul kuni soat tungi 01 dan 15 daqiqa o‘tganda Qoramo‘yin mahallasi hududi, “Almata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1065-kilometrida avtohalokat sodir bo‘ldi.

Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan “Zil-130” yuk avtomobili yo‘lning chap tarafidan kesib o‘tayotgan ayol jinsiga mansub, 30-35 yoshlardagi noma’lum shaxsni urib yuborgan. Jabrlanuvchi Jomboy tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Ayni paytda u koma holatida, muloqotga kirisha olmaydi.

Halokat sodir bo‘lgan vaqt uning egnida qora rangli kurtka, sariq rangli gulli ko‘ylak va lozim, oyog‘ida qizil shippagi bo‘lgan.

Bo‘yi 165-170 santimetr, o‘rtacha gavdali, bug‘doyrang. Yuzi cho‘zinchoq, sochi qora, 25 santimetr uzunlikda. Qoshi va ko‘zlari qora tusli.

Ushbu bemorni tanigan yoki biror ma’lumotga ega bo‘lganlar Jomboy tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Murojaat uchun telefonlar: 475-12-12, 231-99-17.

Jomboy tuman IIB.