“The New York Times” gazetasining sahifalarida Samarqandning sayyohlik salohiyati yoritiladi

Joriy yilning 13-14 iyul kunlari AQShning “The New York Times” gazetasi bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi jurnalist va bloger Erin Levi Samarqandga keldi.

Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, tashrif davomida Erin viloyatning diqqatga sazovor joylarini: Konigil turizm qishlog‘i, Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qildi.

Bloger turizm salohiyati uni doim maftun etib kelganligini, talabalik yillarida Samarqandda yashagan davrida ham o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi hayratlantirganligini bildirib, Konigil turizm qishlog‘i va rasadxona to‘g‘risida maqola tayyorlab, AQSh gazetalarida chop etish istagida ekanligini bildirdi.