Tibbiy xizmatlar eksporti ikki barobarga oshiriladi

Viloyatda sog‘liqni saqlash sohasi ham jadal rivojlanmoqda, joriy yilda ushbu sohada 1,4 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 

15,6 foiz o‘sish ta’minlanadi, - deydi viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i Davron Rasulov. - Bunda, 1100 o‘rinli 10 ta ko‘ptarmoqli xususiy tibbiyot markazi ishga tushiriladi. Misol uchun, Samarqand shahrida “Intramed” MChJ tomonidan qiymati 

120 milliard so‘mlik 250 o‘rinli yuqori texnologiyali tibbiyot markazi foydalanishga topshiriladi. 

2024 yilda xususiy tibbiy markazlar tomonidan 8 ming xorijlik fuqaroning (jami 43 ta davlatdan) salomatligi tiklandi va tibbiy xizmatlar eksporti 1 million dollarni tashkil etdi. Joriy yilda 10 dan ortiq yangi turdagi tibbiyot xizmatlar (onkologik kasalliklarni erta aniqlash diagnostikasi, nurli terapiya xizmatlari, robot yordamida operatsiya qilish va boshqa) yo‘lga qo‘yilib, tibbiyot xizmatlar eksporti ikki barobarga oshiriladi. 

Bundan tashqari, “Zarbdor tajribasi” asosida qiymati 1 trln. so‘mlik 49 ta drayver loyihalar amalga oshiriladi. Shu bilan birga xalqaro yo‘l bo‘yida 80 ta, sohil bo‘yi dam olish maskanlarida 36 ta, tunu-kun ko‘chalarda 24/7 rejimda ishlaydigan 166 ta hamda 60 ta boshqa xizmat ko‘rsatish loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga infratuzilmani ta’minlab berish maqsadida respublika byudjetidan 80 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Natijada 100 dan ortiq tadbirkorlik sub’yekti tashkil etiladi, 5 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi va byudjetga qo‘shimcha 570 milliard so‘m tushum ta’minlanadi.

Misol uchun, Samarqand tumanida “Siyobcha” kanali bo‘yida 5,7 kilometr piyodalar va veloyo‘laklar qurildi, hududda manzarali daraxtlar ekilib, ko‘kalamzorlashtirildi.

Kanalning 3 kilometr qismida aholi dam olish maskani, kanal yoqalab 59 ta savdo-xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va hunarmandchilik ob’yektlari barpo etildi. 2025 yilda shu loyihani davomi sifatida 1 ta yirik dam olish ko‘ngilochar maskan tashkil etiladi.

Prezidentimizning 2024 yil 29 noyabrdagi 

qaroriga asosan 5 ta hudud (Urgut, Tayloq, Samarqand tumani, Samarqand shahri va Past Darg‘om tumani)dan o‘tgan Darg‘om kanali bo‘yida aholi sayr qiladigan dam olish maskanlari tashkil etish ishlari boshlandi. Ishni to‘g‘ri tashkil etish va tizimli davom ettirish uchun “maxsus direksiya” ham tashkil etildi. Ushbu direksiya orqali yerlarni auksionda sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga kanal bo‘ylari obodonlashtiriladi, piyoda va veloyo‘laklar tashkil etilib, kanal muhofaza zonasi xavfsizligi ta’minlanadi. Tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 100 dan ortiq savdo, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari tashkil etiladi, 1000 dan ortiq ish o‘rinlari va qo‘shimcha byudjet tushumlari yaratiladi. Ushbu maskanlarga mahalliy va xorijlik sayyohlar ham jalb etiladi. 

Shuningdek, qarorga asosan 5 ta dehqon bozorlari o‘rnida 

(“Marmar dehqon bozori”, “Samarqand shodiyonasi”, “Mirbozor bozori” va “Past Darg‘om meva-sabzavot bozori”, “Past Darg‘om buyum savdo majmuasi”)  zamonaviy yirik savdo komplekslari tashkil etish ishlarini ham boshlaganmiz.