Tibbiyot bilan ruhshunoslik uyg‘unlashtirilsa - psixosomatika
Bu tibbiyotda bizning his-tuyg‘ularimiz, hissiyotlarimiz va psixologik birikmalarning salomatlikka ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalish. Insonning ichki kechinmalari uni jismoniy kasalliklarga olib kelishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Xo‘sh, psixosomatika sizning og‘riqli a’zolaringiz haqida nimani aytib berar ekan?
Bosh og‘rig‘i
Boshning tez-tez yoki doimo og‘rib turishi - bu undagi fikrlar, axborotning ko‘pligi natijasida yoki biron bir narsa to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydigan va ko‘pincha hissiyotlarini bostira oladigan aqlli odamlarda uchraydi. Shuningdek, bu muammo ko‘pincha o‘ziga past baho beradigan, doimo qo‘rquv bilan yurib, ich-ichidan o‘zini koyiydigan odamlar haqida gapiradi.
Sochlar
Sochlar bilan bog‘liq muammolar (erta oqarish, tushishi, jonsizlanishi) – stress, tushkunlikning ko‘rsatkichi. Agar inson doimiy tanglik va qo‘rquv bilan yashasa, sochlar bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin. Sizga kerak bo‘lgan yagona omil – o‘zligingizcha qolish va o‘zingizga yordam berish. Ba’zida soch kasalliklari mag‘rurlik va ongsiz ravishda g‘azablanishga javob sifatida paydo bo‘lishi ham mumkin. Ayniqsa, ayollar uchun soch hayotiy energiya timsoli.
Bo‘yin
Bo‘yin inson ongini tanasi bilan bog‘lab turadi. Bo‘yin insonning ma’naviylik va moddiylik orasidagi muammolarini bildiradi. Bo‘yin kasalligi kishida moslashuvchanlikning yetishmasligidan dalolat beradi. Odam haqiqatni eshitish uchun orqasiga o‘girilishdan qo‘rqadi, vaziyatni tushunish o‘rniga uni e’tiborsiz qoldiradi. Bo‘yin og‘rig‘i bilan faqatgina ijobiy yoki salbiy savollarga javob - «ha» yoki «yo‘q» ishorasi orqali boshni chayqab javob berish mumkin, xolos.
Ko‘zlar
Uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik – uzoqni o‘ylab ish tutmaslik, kelajakdan qo‘rqish va o‘z burnidan narisini ko‘rishni istamaslik.
Yaqindan ko‘ra, uzoqni ko‘ra olish – davrga mos yashay olmaslik. Bunday odamlar biror bir ishni qilishdan oldin ancha o‘ylaydi, vaziyatni butunlay nazorat qilishdan qo‘rqib ish tutadi.
Glaukoma - kelajakka umidsizlik qilib, ko‘proq o‘tmishi to‘g‘risida qayg‘uradigan odamlarda uchraydi.
Tishlar
Qat’iy qaror qabul qilmaydigan va qaror qabul qila olmaydigan kishilarni tish og‘rig‘i ko‘p bezovta qiladi. Chaynash bilan bog‘liq muammolar vaziyatni o‘rganolmaslikdan dalolat beradi. Yuqori tishlar qaror qabul qilish uchun, pastdagilari esa qarorlarni qabul qilganlik hissi uchun javobgar.
Og‘iz
Og‘iz yangi g‘oyalar uchun javob beradi. Undagi har qanday muammolar ushbu sohadagi tartibsizliklar haqida gapiradi. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari - stomatit xafagarchilik va ichini kemirib yuradiganlarda uchraydi. Tilni tishlash - sir saqlay olmaslik, yonoqlarni tishlash – bezovtalik.
Lablar
Lablar bizning hissiy tabiatimizning aksidir. Ichki muammolarga qarab, kassalliklar ham ifodalanadi.
Yoriqlar – odam qarama-qarshi hissiyotlardan ezilib yuradi.
Uchuqlar va lablarni tishlash – hissiyotlarni yashirish natijasida kelib chiqadi.
Bel
Insonning beli uning hayot suyanchig‘idir. Orqa tomondagi muammolar ma’naviy yordamga muhtojlikni bildiradi. Bu inson boshqalar uni yaxshi ko‘rmaydi, deb o‘ylaydi va o‘zining his-tuyg‘ularini ham yashiradi. Harakatchanligini yo‘qotib, atrofdagilarga sovuqqonlik qiladi, na o‘ng, na chapga qarab fikrlarini namoyon eta oladi.
Bo‘g‘imlar
Bursit – bu g‘azabning bosilishi. Bu inson hatto mayda narsalarda ham mukammallikka intiladi. U o‘zining g‘azablanishiga yo‘l qo‘ymaydi va bu g‘azablar bo‘g‘imlarda to‘planib boradi.
Artrit – boshqalar uni yoqtirmasligi fikri. Aslida artritli odamlar juda to‘g‘ri insonlar. Ular uchun «shart, zarur» so‘zlari doimo ustunlik qiladi. O‘zlariga zarar keltirsa-da, kerak bo‘lishi zarur bo‘lgan narsalarni amalga oshiradigan juda kuchli «tanqidchi» odamlar.
Tizza muammolari – o‘jarlik, mag‘rurlik, bosilgan qo‘rquv va taslim bo‘lishni istmaslik.
Ortiqcha vazn
Ortiqcha vazn egalari, o‘zlarining ichki dunyosini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Ko‘pincha tana o‘zida ortiqcha narsalarni tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun ushlab turadi. Bu odam jamiyat va hayot oldida o‘zini himoyasiz his etadi. Ortiqcha vazn egalari bolalik yoki o‘smirlik davrida ko‘pincha xo‘rlash, masxara qilish va haqoratlarni boshidan kechirgan bo‘lishi mumkin.
Oshqozon
Shifokorlar gastrit ko‘pincha tajriba va asabiy siqilish asosida yuzaga kelishini tasdiqlashadi. Oshqozon bilan bog‘liq mummolar sizning hayotingizda aniqliq yo‘qligi, ba’zan hatto umidsizlik va ichki azobni boshdan kechirayotganingizni anglatadi. Oshqozon yarasi zaiflik, qo‘rquv va ishonchsizlik haqida gapiradi. Shuningdek, biror narsaga achchiqlanib ayta olmaslik natijasida kelib chiqadi. Agar odam ichidagini ayta olsa, unda yara hosil bo‘lmaydi.
Internet materiallari asosida Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.