Tibbiyot birlashmasi iste’molchilardan salkam 161 million so‘m ortiqcha hisoblagan
Viloyat raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan va tartibga solinadigan narxlar yuzasidan doimiy ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasida aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda xizmatlar narxlarini belgilanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganishda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hamda tegishli nizom talablari buzilganligi va buning natijasida iste’molchilarga 160 million 997 ming so‘m miqdorida ortiqcha pul hisoblanganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasiga kelgusida qonun va nizom talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
O‘rol Sanayev,
hududiy boshqarma bosh mutaxassisi.