Tinch okeani qirg‘oqlarida avj olgan yong‘in tutunlari Atlantika okeanining AQSh qirg‘oqlarigacha yetib bordi

Bu haqda AQSh meteorologik xizmati xabar qildi.

Xizmat taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida yuzaga kelgan tutunning bir qismi 3,5 ming kilometr uzoqlikkacha tarqagan va AQSh poytaxti Vashingtonga yetib borgan.

Yong‘inlar oqibatida Oregon shtatining besh nafar shahrining havo sifati eng ko‘p ziyon ko‘rgan, jumladan, Portlend ham. Shu bilan birga, Vashington va Kaliforniyada ham havoning yuqori darajali ifloslanishi kuzatilmoqda. Oregon shtati shaharlaridagi havo ifloslanish darajasi ushbu o‘lchash shkalasi bo‘yicha eng yuqori hisoblangan 500 belgiga yetdi.