TIV Abxaziyadagi 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini qachon qaytarilishini ma’lum qildi
- 30.09.2020 20:50
- 46
- O‘zbekiston
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida bo‘lib turgan 400 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytishda ko‘mak berish to‘g‘risidagi murojaatlari kelib tushdi. Bu haqda TIV operativ shtabi xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu muammoni zudlik bilan hal etish maqsadida Rossiya tomoniga fuqarolarni vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib o‘tishlariga ruxsat olish yuzasidan yana bir bor tegishli murojaat yuborilgan.
Yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalar) iborat O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktyabr oyi boshlarida O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilgan.
Teglar:
TIV