TIV Rossiyadagi o‘zbek fuqarolarini yolg‘on axborotlarga ishonmaslikka chaqirdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yaqin kunlarda O‘zbekistonga bo‘ladigan charter reyslari haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Firibgarlar tomonidan O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolar haqida «ma’lumotlar yig‘ish» va yo‘lovchilar «ro‘yxati»ni tuzish boshlangan.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bu kabi yolg‘on xabar va mish-mishlarga ishonmaslikni va ularni tarqatmaslikni so‘ramoqda.
«2020 yilning 30 martidan 20 apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlari yopilib, aviaqatnov to‘xtatilmoqda. Elchixona Rossiyada qolishga imkoniyati mavjud fuqarolarga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va uni tarqatmaslik uchun vaqtinchalik doimiy yashash joylarini tark etmasliklarini tavsiya qiladi. Fuqarolarimizni Rossiyada qabul qilingan koronavirus bilan kurash talablariga qat’iy amal qilishni, odamlar to‘plangan joylar, ayniqsa, aeroportlarga bormaslikni, barcha safarlarni qoldirish, tashqi aloqalarni cheklash va gigiyena qoidalariga amal qilishni so‘rab qolamiz», deyiladi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida.
Vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Charter reyslar haqidagi ma’lumotlar https://t.me/UzKoRusCharts telegram kanaliga joylashtiriladi.
Rossiyadagi vatandoshlarimizni yana bir bor firibgarlar tarqatayotgan mish-mishlarga ishonmasliklarini, pul o‘tkazish orqali charter reyslarga aviachipta sotib olish haqidagi takliflarni inkor qilishlarini, xotirjamlikni saqlagan holda rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini so‘raymiz:
Veb-sayt: uzembassy.ru
Facebook: @UzEmbassy.ru
Instagram: @UzEmbassy-Russia”