Tolibon Eron bilan chegaraga zirhli texnika, jumladan, tanklarni faol olib kelmoqda

Eron chegarachilari hukumatdan qo‘shimcha kuch so‘ragan. Vaziyat salbiy ssenariyda rivojlanayotgani aytilmoqda.

Tolibonning yuqori martabali amaldorlaridan biri ham chegaraga yetib kelgan. Tahlilchilarning fikricha, Tolibon Erongga keng ko‘lamli urush e’lon qilishga yaqin turipti.

Muammo Afg‘onistonning Hilmand daryosidagi Kajaki to‘g‘oni bilan bog‘liq. So‘nggi oylarda eronlik siyosatchilar va diplomatlar Afg‘oniston to‘g‘on orqali Eronga suv o‘tkazmay qo‘yishini bir necha bor ta’kidlab kelishmoqda. Tolibon esa iqlim o‘zgarishi sababli to‘g‘onda suv yetarli emasligini da’vo qilib, Eronga oqib kelayotgan suvning (to‘g‘ondan Eron chegarasigacha 600 km) aksariyati tuproqqa singib ketayotganini ma’lum qilgan.

27 may kuni ikki mamlakat chegarachilari o‘rtasida og‘ir to‘qnashuvlar yuz bergan.