Tolstoyning raketasi va lazeri
Rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy o‘zining «Aelita» va «Injener Gerinning Giperboloidi fantastik romanlarida hali odamzotning tushiga ham kirmagan voqealarni yozadi. Buni qarangki, bugungi kunga kelib, ushbu xayolot mahsullari real voqeylikka aylandi.
«Aelita»da graf yozuvchilardan birinchi bo‘lib «Marsga uchishni tasvirlaydi: kitob qahramonlari Metislav Los va Leksandr Gusev hali 1923 yilda o‘zlari yasagan raketada, inson xuddi shunday kosmik kemada kosmosga uchishidan salkam 40 yil avval fazoga uchishadi. Injener Garinning giperboloidi»da esa yozuvchi XX asr boshlarida jangovar lazer haqida yozadi. Vaholanki, ushbu sohada ishlanmalar faqat 1960 yilga kelibgina paydo bo‘la boshlagan edi. Ushbu qurol prototiplariga esa XX asr oxiriga kelib texnik rivojlangan mamlakat armiyalari ega bo‘lishdi.
Shunisi hayratlanarliki, yozuvchi xayoloti mahsulini bugungi kunga kelib biz o‘z ko‘zimiz bilan real ko‘rib turibmiz.
T.MUROD tayyorladi.