Tomorqa: Birida - yaxshi, birida - aksi

Ayni paytdagi murakkab vaziyatda har bir tomorqa yer egasining ekin maydonlaridan samarali foydalanishi ertaga yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldini oladi. Buni birov to‘g‘ri anglayapti, boshqasi esa yo‘q.

Aholining tomorqalaridan foydalanish, ish bilan bandligi, kambag‘al va ehtiyojmand oilalar, koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin tartib-qoidalariga qay darajada amal qilinayotganligini o‘rganayotgan 58-Jozmon saylov okrugidan viloyat Kengashiga saylangan deputat M.Ixtiyorov bu holatlarga guvoh bo‘ldi.

Jumladan, Savg‘on mahallasida yashovchi O‘ktam Usmonov 12 sotixlik tomorqasidan omilkorlik bilan foydalanib kelayotganligi, u hovlisida mevali daraxtlar bilan birga kartoshka, sabzi, dalaga ekish uchun bulg‘or qalampiri ko‘chati yetishtirmoqda.

Afsuski, shu yerlik Habib Rasulov ixtiyoridagi 15 sotixlik tomorqani xor qilib qo‘yibdi. Allaqachon yer yetilgan bo‘lsa-da hali hech narsa ekilmagan.

Deputat darhol Savg‘on mahalla raisi bilan birga uning tomorqa yerini haydatish, zarur ko‘chatlar yetkazib berish choralarini ko‘rdi. Gap faqat H.Rasulovning bu ko‘makni to‘g‘ri anglab, ko‘chatlarni sifatli o‘tqazish va parvarish qilishida.