Tomsk viloyatidagi yong‘inda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga aniqlik kiritildi

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Oqibatda ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan edilar.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi:

Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Xasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Xasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan).

Hozirda yong‘in natijasida halok bo‘lgan 10-fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. Eslatib o‘tamiz, voqea yuzasidan voqea joyida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

***

Tomskda halok bo‘lganlarning biri kattaqo‘rg‘onlik ekan. Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

O‘zA