Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida Yerasmus+ dasturining yangi loyihasi boshlandi

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga 20 may kuni Yerasmus+ dasturining BioEcoUz (O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha yangi magistrlik o‘quv dasturi) loyihasi doirasida bajarilgan va amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekistondagi Yerasmus+ milliy ofisi (NEO) eksperti Qudratxon Bahodirov keldi.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish jarayoni, uning yutuqlari va yuzaga keladigan muammolari to‘g‘risida muhokama olib borildi.

- Loyiha Latviya, Litva, Finlandiya, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi magistratura bo‘yicha yangi bio-iqtisodiyotga oid innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, - dedi ToshDAU Samarqand filiali direktori Shavkat Hasanov. – Shuningdek, O‘zbekistonning to‘rtta oliy ta’lim muassasalarida mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi tarkib yaratish va taqdim etish bo‘yicha mahorat va ko‘nikmalar darajasini oshirish, Yevropa Ittifoqining muvaffaqiyatli tajribalari bilan o‘rtoqlashish, shu bilan O‘zbekiston mahalliy bio-iqtisodiyot sohalarini joylashtirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Uchrashuvda eskpert loyihani sifatli amalga oshirishga ko‘maklashishga kelishdi.

O‘zbekistonda barqaror va inklyuziv ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni rivojlantirishga hissa qo‘shishi kutilayotgan mazkur loyiha 2021 yil 15 yanvarda o‘z faoliyatini boshlagan.

Toshkent davlat agrar universiteti

Samarqand filiali axborot xizmati.