Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 2023 yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajyor tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi!

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 2023 yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajyor tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi: 

T/r

Ixtisoslik shifri

Tayanch doktorantura (PhD) uchun ajratilgan kvota

Stajyor tadqiqotchilik uchun ajratilgan kvota

1

08.00.04 - qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

2

1

2

08.00.07 - moliya, pul muomalasi va kredit

1

-

3

08.00.08 - buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit

2

1

4

08.00.15 - tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti

1

-

5

08.00.16 - raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya

2

-

Jami:

8

2

Tayanch doktorantura va stajyor tadqiqotchilikka quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin:

– magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar;

– talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutidagi fan tarmog‘iga muvofiq bo‘lishi kerak.

Hujjatlar 2022 yil 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura va stajyor tadqiqotchilikka o‘qishga talabgorlar http://phd.mininnovation.uz saytidan quyidagi hujjatlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar:

- ariza;

- qisqacha biografik ma’lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki  oliy ma’lumoti (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi (ilovasi bilan birgalikda);

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lish talab etiladi);

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Mutaxassislik fanidan imtihon tegishli ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan tashkil topadi. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha bali kamida 5.5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (IBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda, chet tilidan topshiriladigan imtihondan ozod etiladi.

Batafsil ma’lumotlar  www.sbtsue.uz  saytida mavjud.

Manzil: Samarqand shahri, Professorlar ko‘chasi, 51-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Murojaat uchun telefonlar: +99890-602-04-92, +99891-534-54-14.

*Reklama