​Toshkentda koronavirusga chalingan 63 yoshli ayol vafot etdi

1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X. da shu yilning 30 may kuni “Covid-19” aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 

63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan. 

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.