Toshkentda birinchi xonimlar ishtirokida ekoforum o‘tkazildi

Tadbirda Turkiya birinchi xonimi Emine Erdog‘an, Eron prezidentining rafiqasi Jamile A’lamulxudo, Qirg‘iziston birinchi xonimi Aygul Japarova ham ishtirok etdi.

“Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi”, dedi Ziroat Mirziyoyeva tadbirdagi nutqida.