Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tojikiston rektorlari forumi ishtirokchilari Samarqandga keldi
Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari Samarqand davlat universitetida bo‘ldi.
Forum ishtirokchilari tashrif davomida Samarqand davlat universitetida bo‘lib universitet arxeologiya, zoologiya muzeylarini ko‘zdan kechirdi. Shuningjek, Biokimyo instituti kampusida bo‘lib, dars jarayonida ishtirok etdi. Oranjeriyaga sayohat qilishdi. Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Delegatsiya a’zolari universitet faoliyatiga yuqori baho berdi.

Tojikistonning bir qator oliygohlari bilan tarix, arxeologiya, muhandislik, IT, kimyo, iqtisod, agrobiotexnologiya sohalari bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Shuningdek, Samarqand davlat universiteti mazkur forum doirasida Tojikiston Milliy universiteti, Ko‘lob, Boxtar, Tojikiston davlat tijorat universiteti va Tojikiston pedagogika institutlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, deya xabar bermoqda universitet axborot xizmati.