Toshkentda ikki kundan so‘ng karantin bekor qilinadimi?
Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Toshkent shahrida karantin 2 kundan keyin tugaydi degan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu nechog‘lik haqiqatga yaqin?
— Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, Toshkent shahrida karantin ikki kundan keyin tugaydi, degan xabarlar asossiz.
Karantinni o‘rnatish va uni bekor qilish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining vakolati xisoblanadi.
Ushbu komissiyaning rasmiy ma’lumotidan tashqari, tarqatilgan barcha turdagi ma’lumotlarga aslo ishonish kerak emas.
Ularning ma’lumotiga ishonsangiz va karantin talablarini buzsangiz, demak Siz karantin talablarini buzganlikda ayblanasiz va ma’muriy javobgarlikka (jarimaga) tortilishingiz mumkin.
Jinoyat kodeksining 244 (prim 5) - moddasiga muvofiq haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini unutmaslik kerak.