To‘ylarni obro‘ olish musobaqasiga aylantirmaylik
Samarqand shahrida viloyatda to‘ylarni ixchamlashtirish hamda tartibga solish masalalari muhokama qilindi.
Unda viloyat hokimligi, viloyat madaniyat boshqarmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, viloyat IIB va soliq boshqarmasi mas’ullari, imom-xatiblar hamda 300 nafardan ziyod san’atkorlar, to‘y va marosimlar o‘tkaziladigan bazmgohlar rahbarlari ishtirok etdi.
Muhokamada keyingi paytda viloyatimizda to‘ylarni dabdaba bilan o‘tkazish, ortiqcha sarf-xarajat va bazmlarda mentalitetimizga mos bo‘lmagan xatti-harakatlar ko‘payib borayotgani tanqid qilinib, mutasaddilar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda to‘ylarni ixchamlashtirish va tartibli tashkil etishni nazorat qilish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.