Toyloqda o‘zganing shaxsiy ma’lumotlarini “Tik tok”da tarqatish bilan qo‘rqitgan tovlamachi qo‘lga olindi
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 26 yanvar kuni telefon raqamiga noma’lum shaxs telefon orqali o‘zini samarqandlik Fedya deb tanishtirib, tanishi B. o‘rtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va videotasvirlarni internet tarmog‘ining “Tik tok” sahifasiga tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga 1 million so‘m berishni talab qilib, kelayotganligini bildirgan.
27 yanvar kuni viloyat IIB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Toyloq tumani Jumabozor qishlog‘i yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan B.F. va 1992 yilda tug‘ilgan F.B.lar fuqaro A.ga tegishli bo‘lgan sim kartani 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.