Toyloqdagi maktab hududida kesilgan daraxtlar bo‘yicha munosabat berildi

Toyloq tumanida joylashgan maktablarning birida daraxtlar o‘zboshimchalik bilan kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan holat o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, Toyloq tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumta’lim maktabi hududidagi 50 tup terak ta’lim dargohining ehtiyojlariga sarflash maqsadida maktab ma’muriyati tomonidan kesilgan.

Mazkur daraxtlarni kesish uchun maktab direktori F.Komilov 2022 yilning 26 yanvar kuni maktab hududidagi daraxtlarni maqsadli kesish va o‘rniga yangisini ekish lozimligi to‘g‘risida davlat xizmatlari orqali murojaat qilgan. Ammo murojaatga binoan viloyat ekogoliya boshqarmasi tomonidan 15 fevraldagi javob xatiga asosan rad etilgani to‘g‘risida xulosa xati berilgan.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ravishda o‘rganishlar olib borilib, qat’iy choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.