Toyloqning ishbilarmon ayoli aniqlandi

O‘zLiDeP Toyloq kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol – 2021” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, rag‘batlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda ayollarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda hunarmand va ishbilarmon xotin-qizlar o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.

“Hunarmandlar markazi”da o‘tkazilgan taqdirlash marosimida qo‘li gul hunarmand ayol Navro‘za Hasanova innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etib, ishchi o‘rinlarini yaratgan tadbirkor sifatida e’tirof etildi va g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, Gulnoza Islomova hamda Nodira Haqberdiyevalar 2-o‘rinni, Samara Mirsoliyeva 3-o‘rin sohibi deb topildi.