Trampni qo‘llovchi konservativ siyosiy faol Charli Kirk suiqasd oqibatida halok bo‘ldi

10 sentyabr kuni AQShning Yuta shtatidagi Utah Valley University kampusida mashhur konservativ siyosiy faol va respublikachilar partiyasi namoyandasi Charli Kirkga suiqasd qilindi. U nutq so‘zlayotgan paytda noma’lum shaxs tomonidan bo‘yniga o‘q uzilgan.

Zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi, ammo tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlari natija bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyida xavfsizlik kuchlari harakatlantirilgan. Ilk xabarlarda gumondor qo‘lga olingani aytilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu ma’lumot rad etildi. Tergov ishlari davom etmoqda, aniq aybdor shaxs hozircha tasdiqlanmagan.

Prezident Donald Tramp o‘z chiqishida Kirkning o‘limi haqida afsus bilan xabar berdi va bu hodisani Amerika siyosiy hayotidagi jiddiy voqea sifatida baholadi.