Tuman hokimining ijodiy maslahatchisi, O‘zbekiston xalq artisti Avaz Rajabov payariqlik yoshlar bilan uchrashdi

Payariqdagi 28-bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining besh tashabbusi bo‘yicha Implementatsiya strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Payariq tumani hokimining ijodiy maslahatchisi, O‘zbekiston xalq artisti Avaz Rajabov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda payariqlik o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Avaz Rajabov san’atga qiziquvchi yoshlarga ijod qilish, ijro mahorati borasida tushuncha va maslahatlar berdi. Yosh iqtidor sohiblari ishtirokida bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etib borish yuzasidan hokimlik vakillari bilan kelishib olindi.