Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga sertifikat berildi

Shu yilning fevral oyidan boshlab «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm sohasida band bo‘lganlar uchun ularda sifatli va xalqaro talablarga mos ravishda xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilgan.

Bugungi kunga qadar bunday xodimlardan 277 nafar, ya’ni 138 nafar mehmonxona va 139 nafar restoran xodimlari o‘qitildi.

Yaqinda madaniy meros ob’yektlarida ishlovchi 69 nafar xodim uchun tashkil etilgan o‘quv-kurslar yakunlandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Qobilov va Turizm va madaniy meros vazirligi boshqarma boshlig‘i A.Eshtoyev tinglovchilarga sertifikatlar topshirdi.

Viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi axborot xizmati.