Turkiston oq laylagining hayoti saqlab qolindi
Oqdaryo daryosi bo‘yida bir qanoti sinishi oqibatida ucholmay qolgan noyob qush - oq laylak shu atrofda yashovchi mahalliy aholi tomonidan topib olingan. Fuqaro qushga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida veterinarga murojaat qiladi. U yerda maxsus ko‘rigidan o‘tkaziladi va Ekologiya vazirligi ishonch telefoniga murojaat qiladi.
Shundan so‘ng Oqdaryo tumani davlat inspektorlari ushbu qushni fuqarodan qabul qilib olib, Zarafshon milliy bog‘ining reabilitatsiya markaziga vaqtincha saqlash uchun topshirdi.
Turkiston oq laylagi O‘zbekiston Qizil kitobiga (2019) kiritilgan. Ovlash taqiqlangan.
Mazkur qushga befarq bo‘lmagan xaydovchi Tinchlik akaga va “Timvet” jamoasiga ko‘rsatilgan yordamlari uchun Zarafshon milliy bog‘i ma’muriyati hamda Ekologiya boshqarmasi o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz; ushbu Turkiston oq laylagi sog‘ligi tiklangach tez orada yana tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.