Turkiya, Eron va Rossiya rahbarlari bir qator masalalarda kelishuv imzoladi

Tehronda mazkur davlatlar rahbarlari uch tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqda. Uning mavzulari orasida Ukraina va oziq-ovqat eksporti masalasi bor. O‘tgan hafta Istanbulda BMT va Turkiya vositachiligida g‘alla masalasi muhokama qilindi.

Ammo Putin Ukraina g‘allasini dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha "barcha masalalar hal etilmagani"ni ta’kidlagan. Bu masalada "oldinga siljish bor"ligi aytilgan, xolos.

Dastlab Eron Raisi, Putin va Erdo‘g‘onning uchrashuvi – “Astana formati” Suriya masalasiga bag‘ishlandi: tomonlar vakillari muzokaralarni ikki yil avval rejalashtirganliklari, ammo pandemiya sababli ularni doimiy ravishda qoldirishga to‘g‘ri kelganini ta’kidlashdi.

Shuningdek, Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Suriyadagi vaziyat bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi. Qo‘shma hujjatda Suriya inqirozini faqat diplomatiya yo‘li bilan hal qilish mumkinligi qayd etilgan.

Uchrashuvda Isroilning Suriyaga, jumladan, tinch aholiga qaratilgan hujumlari qoralangan. Tomonlar mamlakatda "yer yuzida" yangi voqeliklarni yaratishga urinishlarni rad etib, turli nomlar ostida harakat qilayotgan terrorchilarga qarshi kurashish niyatini tasdiqlagan.

Muzokaralarning navbatdagi, 19-raundi yil oxirigacha, navbatdagi sammit esa Rossiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.